Фотогалерея
Наши публикации
Национальные партнёры
Международные партнёры
Интернет опрос посетителей сайта
Umumiy ma`lumot
INSTITUT Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mamlakatimizdagi yirik nodavlat notijorat tashkilotlardan biri hisoblanadi. Institut 2003 yilda O’zbekistonning bir qator jamoat tashkilotlari, tadqiqot va ta’lim muassasalari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Institutning ta’sischilari O’zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Jurnalistlar ijodiy uyshmasi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” jamoat fondi vа boshqa tashkilotlar hisoblanadi. Institutning asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonlarini tizimli monitoring qilish, mamlakatni demokratik yangilash vа modernizasiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirishdan iborat. POTENSIAL Institut tarkibiga markaziy ofis, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar vа Toshkent shahridagi 14 tа hududiy bo’linma kiradi. Bugungi kunda Institut va uning hududiy bo’linmalarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini tizimli tadqiq qilish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat vа jamiyatni boshqarishdagi rolini kuchaytirishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. Institutning har bir hududiy bo’linmasida huquqshunoslik, ijtimoiy tadqiqotlar, jurnalistika, psixologiya sohalarida bilim vа tajribaga ega hamfikrlarning uyushgan jamoasi faoliyat yuritadi. FAOLIYAT Institut O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yilning 12 noyabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma yig’lishida ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish vа fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda. Xususan, respublikamizning mintaqalarida doimiy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fuqarolik institutlari hamda davlat hokimiyati vа boshqaruvi organlari o’rtasida samarali ijtimoiy sheriklikni amalgam oshirish vazifalarini hal qilishda NNTlarning roli vа ahamiyatini oshirish masalalariga bag’ishlangan seminarlar vа “davra suhbatlari” tashkil etilmoqda. Hududiy bo’linmalarning imkoniyatlaridan inson huquqlarini himoya qilish, so’z vа axborot erkinligini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlashda OAVning rolini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan turli tadbirlarni tashkil etishda foydalanilmoqda. Institut tomonidan siyosiy partiyalarga ularning birlamchi tashkilotlari, matbuot xizmatlari vа nashriyot organlarining faoliyatini takomillashtirishda amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha ishlar yo’lga qo’yilgan. Institut faoliyatida aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish bilan bog’liq masalalarni o’rganish muhim o’rin egallaydi. Institut tomonidan doimiy ravishda aholining huquqiy, siyosiy madaniyati vа huquqiy ongi darajasini organish b’yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi. Institut faoliyatida demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirishga yo’naltirilgan qonun loyihalarini keng jamoatchilik orasida muhokama qilishni tashkil etish amaliyoti samarali qo’llanib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimizning barcha mintaqalarida NNTlar, nodavlat OAV, ekspertlar vа huquqshunoslar ishtirokida “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash kafolatlari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasida jamoat nazorati to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari to’g’risida”gi qonun loyihalarini muhokama qilish bo’yicha “davra suhbatlari” o’tkazildi. “Davra suhbatlari” natijasida to’plangan taklif va tavsiyalar tahlil qilish vа umumlashtirish uchun mamlakatimiz parlamentining tegishli ekspert komissiyalariga taqdim etildi. Shu kabi chora-tadbirlar “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to’g’risida”, “Davlat hokimiyati vа boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”, “Teleradioeshittirishlar to’g’risida”, “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonun loyihalari vа boshqa normativ hujjatlar bo’yicha ham amalga oshirilmoqda. Institut tomonidan tashkil etilgan tadqiqotlar vа tadbirlar natijalari haqidagi axborotlar ta’sischilaridan biri Institut hisoblangan “Fuqarolik jamiyati” jurnali vа “Jamiyat” gazetasida doimiy ravishda nashr etib boriladi. XALQARO HAMKORLARIMIZ Institut faoliyatidagi muhim yo’nalish fuqarolik jamiyati shakllanishi, uning institutlarini mustahkamlash vа rivojlantirish sohasida rivojlangan demokratik mamlakatlarning tajribasini o’rganish hisoblanadi. Institut tomonidan Rossiya, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Hindiston, Xitoy vа boshqa mamlakatlarning vakillari bo’lgan xorijiy hamkorlar, shuningdek qator yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yolga qo’yilgan. 2012 yil davomida Institut milliy vа xorijiy hamkorlar bilan birgalikda 10 tа xalqaro tadbir (konferensiya, “davra suhbatlari”, seminarlar, treninglar) tashkil etdi, ushbu tadbirlarning 3 tasi xorijda (Germaniya, Chexiya, Vengriya) bo’lib o’tdi. HAMKORLARIMIZ Institut tomonidan O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, “Камоlоt” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamoat fondi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiyasi, Elektron OAV milliy assosiasiyasi, O’zbekiston Kasaba-uyshmalari federasiyasi kengashi, O’zbekiston Ekologik harakati, siyosiy partiyalar vа shu kabi mamlakatimizdagi boshqa yetakchi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Yirik olimlar, NNTlar vakillari, OAV jurnalistlari vа muharrirlari, fuqarolar yig’inlari raislari, yoshlar tashkilotlari yetakchilari, siyosiy partiyalar faollaridan iborat bo’lgan keng ekspertlar guruhi shakllantirilgan, ularning imkoniyatlaridan Institutning hududiy bo’linmalari faoliyatida foydalanilmoqda. Institut fuqarolik jamiyatini shakllantirish, uning institutlarini rivojlantirish vа mustahkamlash masalalariga qiziqish bildirilgan shaxslar vа tashkilotlar bilan hamkorlik qilish uchun doimo ochiqdir. Manzilimiz: 100027, Tashkent sh, Bunyodkor m, 1a Tel.:(371)2306235 Fax:(371)2457739